Sarlavhani o'qib Abduvali Rajabov kimga "Yo'q demagin" demoqda ekan degan savol sizni biroz bo'lsada o'ylantirgan bo'lishi tabiiy. Aslidachi? Aslida Abduvali Rajabov "Yo'q demagin" deya nomlangan yangi tarona ustida ish olib bormoqda. Ushbu tarona musiqasi Shaxriyor Otaho'djayev, so'zi esa Ibrohim Jiyanov qalamiga mansub bo'lib, tez orada ushbu qo'shiq muxlislar hukmiga taqdim etiladi. Ushbu taronaga klipmeyker Begzod tomonidan klip ham suratga olinmoqda. Demak tez kunlarda ushbu klipni bizning portalimiz orqali birinchilar qatorida tomosha qilishingiz mumkin. www.shou-biznes.uz dan .
|