diyor_, Mana Xayot bu degani qo'shig'i-)Добавлено (08.05.2007, 12:09)
---------------------------------------------
Hayotga kelib, o'ynab kulib,
Dunyoni ko'rib, beg'am yurib.
Urushib-do'stlashib, sevilib-sevib,
Hayot ma'nosini biz kechroq bilib.
Yurgan ekanmiz beg'am, kuniga olib dam,
Tashvishlar judayam kam, tanish emas g'am ham.
Ey yoshlikda go'zal ekan hayot,
Izlamas ekanmiz, hech qattan najot.
Lekin yillar o'tib, taqdir berar ekan mot,
O'shanda bo'lar, barcha orzularing barbod.
Nahot shudir hayot, beshavqat bo'lsa nahot,
Vaziyatdan chiqish uchun, biz qilmoqdamiz ijod.
\"O'zbekcha Tashvish\", \"Sevgi Armoni\",
Bulardan kelib chiqib biz tushundik hayotni.
Uni og'ir yengili, unda bor shodlikni,
Yashash zo'r, lekin tushunish qiyindir uni.
Bizlar bolla hali yosh, hayotga egamiz bosh,
Taqdir o'zi bag'ritosh, bunga kerakdir bardosh.
Biz ko'rvommiz hayotni, o'rganvommiz najotni,
Va kutamiz javobni, shunga etvommiz repni.
Aytib o'tamiz buni, hayotni o'yinini,
Intilamiz har kuni anglashga hazilini.
Kuni bo'yi o'ylanib, ikkilanib, qiynalib,
Yozgan repimiz shu... eshit o'rtoq !
Hayot bu - yaxshi yomon kunlar,
Hayot bu - abadiy sinovlar.
Hayot bu - bitmas tuganmas boylik,
Hayot bu - yashash uchun muhtojlik.
Hayot bu - yaxshi yomon kunlar,
Hayot bu - abadiy sinovlar.
Hayot bu - yaqin do'st, dushmanlar,
Hayot bu ... endi o'ylab ko'ringlar.
Eshitsin o'zbek ahli, faqat chiqmasin jaxli,
O'zimam o'zbek inson, lekin odatim yomon.
Kecha-kunduz uyqusiz, kunlarim o'tar tinchsiz,
Umrni o'ylab har on, yashavomman man shu on.
Hayot mangamas armon, eplagan saqliydi jon,
O'qigan bo'lar omon, o'qimagan tamom.
Ko'pdir hayot yo'llari, tanlash kerak bittani,
Insonning ko'p do'stlari, 40 foizi qalbaki.
Maqol bor o'zbek halqda: \"Tanlama do'stni kunda\",
Umring o'tadi zumda, hazildamas, rostda.
Qafas ichida umr, o'tkazadi ko'ngli kir,
Manga farqi yo'q hechxam, kim u? qanaqa odam?
Aybdor u faqat bunga, hayot bergan tashvishga,
Umr beradi sinov, ichingda yonar olov.
Qilolmaysan san bardosh, qocholmaysan otar tosh,
Kurashga bermaysan dosh, ko'z qo'yasan, deya qosh.
Xullas sani aybing shu, bilib qo'y hayot bu...
Добавлено (08.05.2007, 12:10)
---------------------------------------------
Ikki nol nol olti, endi kimni navbati?
Qani s... boshlachi, mana boshliman hozir.
Sila uchun man rozi, hayot o'zi zo'r o'yin,
Sanga egmiydi bo'yin, injiqligingni qo'ygin
Yoshlik o'tdi, tan olgin.
San bu o'yinda bir shaxs, bu yerda boylik va nafs
Iroda va qat'iy lavs, oldiniga qilar arz
Keyin bo'ladi araz, osonamas qil faraz
G'oliblik sanga emas, chunki niyating g'araz
Taqdir o'zi kulguli, o'yinlari tuyg'uli
Umring qoldi besh kunli, sanga berilmas tinchlik
Do'stim mani, eshitgin mani gapimni
Hech xam yomon bo'lmaysan, tinglasang so'zlarimni
Maslaxatimga kirgin, umringni san asragin
Hayotga san bosh eggin, dunyo qonunli bilgin
San bizadan o'rnak ol, bu so'zlarni eslab qol
Lekin ko'p surma hayol, yaxshi niyat yarim mol
Yolg'onmas gapim ishon, bekorchi hayot oson
Shunaqa darddan inson, Umrin qilmoqda hazon
Ko'zingni och erta tong, hech ham bo'lmagin hayron
O'ylamagin nima u? bu hayot - hayot bu.